insurez
01-08-2024 11:07

Jaholatga qarshi maʼrifat bilan


Jaholatga qarshi maʼrifat bilan

Bugun  Uchtepa mahallasida “Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish”, “Milliy libos va Maʼnaviyat koʻzgusi” mavzularida  ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Keng jamoatchilik vakillari ishtirokida o‘tkazilgan mazkur tadbirda tuman targ‘ibot guruhi rahbari D.Adilova hamda tuman bosh otinoyisi Sh.Hakimova, bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida tushunchalar berishdi. Uchtepa  MFY xotin-qizlar faoli Noila Samandarova o‘z ma’ruzasida bugungi kunda xotin-qizlarga berilayotgan imkoniyatlar haqida gapirib, yosh, oilalarda ajrimlarni oldini olish, oila muqaddasligi haqida tushunchalar berib o‘tdi.
Tadbir koʻtarinki va ijodiy kayfiyatda boʻlib, milliy kuy-qoʻshiqlar, allalar, Vatan tinchligi, farovon  hayot uchun shukronalik izhorlari yangradi.Shuningdek, tadbir soʻnggida mahallada yashovchi Y.Narzullayeva tuman Oila va xotin-qizlar boʻlimi tomonidan tashakkur noma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

 

Teglar
- -