ILMNI QADIRLANG, ILMGA INTILING
ILMNI QADIRLANG, ILMGA INTILING
2024-yil 25-may kuni Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Oqdaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Ilmni qadrlang, ilmga intiling" shiori ostida "So'nggi qo'ng'iroq" tadbiri munosib nishonlandi.
"So'nggi qo'ng'iroq" tadbirida Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig'i o'rinbosari A.Boboqulov ishtirok etib, maktab bitiruvchilariga davlatimiz rahbarining tabrigini o'qib eshittirdi. Yil davomidagi faoliyatida yuqori natijalarga erishgan o'qituvchlar, o'quvchilar hamda ularning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.