insurez
07-10-2024 14:08

Ilg‘or terimchilarni rag‘batlantirish davom etmoqda


Ilg‘or terimchilarni rag‘batlantirish davom etmoqda
 


Milliy boyligimiz bo‘lgan “oq oltin”ni dalalardan yig‘ib-terib olish jarayonida Oqdaryo tumanida qariyb terimchilar faol ishtirok etmoqdalar. Ayni vaqtda dalalarda ish qizg‘in. Terimchilar bor hosilni so‘nggi misqoligacha yig‘ib olishga astoydil bel bog‘lashgan. Terim suratini oshirishda, terimchilarga kuch-g‘ayrat bag‘ishlashda, ayniqsa, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishga qaratilgan tadbirlarning tashkil etilayotgani qo‘l kelayotir.
Bugun Oqdaryo tuman hokimi o‘rinbosari Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Yulduz O‘roqova tumanning 4-sektor “Samarqand” MMTP hududidagi “Mardona dalalari” fermer xo‘jaligi paxta dalalarida terimchilar bilan uchrashdi. Terimchilarga kuch-g‘ayrat tilab, paxtani nes-nobud qilmasdan yig‘ishtirib olishda  jonbozlik ko‘rsatayotgan fermer xo‘jalik rahbarlari hamda terimchilarga tashakkur bildirildi. Eng ilg‘or terimchilar sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.
Fermer dalasida terimchilar uchun issiq ovqat hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.

 

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati
 

Teglar
- -