Ijtimoiy soha obyektlarini ta’mirlash ishlari o‘rganildi
Ijtimoiy soha obyektlarini ta’mirlash ishlari o‘rganildi
Bugun Oqdaryo tuman hokimi o'rinbosari Charos Ortiqova hamda tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mas’ullari ishtirokida ijtimoiy soha obyektlarida olib borilayotgan joriy ta’mirlash hamda rekonstruksiya ishlari yuzasidan o‘rganish olib borildi. Amalga oshirilayotgan qurilish, ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirilib, mas’ullarga ishni sifatli va belgilangan muddatda bajarish borasida muhim topshiriq va tavsiyalar berildi.