Ijtimoiy soha obyektlari e’tiborda
Ijtimoiy soha obyektlari e’tiborda
Bugun Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov tegishli mas’ullar ishtirokida tuman Maktabagcha va maktab ta'limi bo'limi tasarrufidagi 25-32-davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari shart-sharoitlari, hududini obodonlashtirish, holati va muammolari yuzasidan o‘rganish olib bordi. O‘rganish davomida tuman rahbari mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, qisqa muddatda hududda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlarini olib borish borasida mas’ullarga topshiriqlar berdi va muhim vazifalar belgilab olindi.