insurez
18-10-2024 09:53

Tuman hokimining qabuli o'tkazilmoqda


Tuman hokimining qabuli o'tkazilmoqda

Ayni paytda Oqdaryo tumanidagi Xalq qabulxonasida jismoniy va yuridik shaxslar uchun navbatdagi murojaatlar qabuli bo‘lib o‘tmoqda.

Unda murojaat va takliflar tuman hokimi, 1-sektor rahbari Sh.Qudratov, Xalq qabulxonasi mudiri T.Murtazayev hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri D.Adilova tomonidan qabul qilinmoqda.

Qabul davomida aholidan asosan uy-joy, kadastr, elektr energiyasi, moddiy yordam, soliq, yo‘l va elektr ta’minoti kabi masalalardagi murojaatlar bildirilmoqda.

Har bir murojaat shu joyning o‘zida soha mas’ullari va murojaatchi tomon ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, zaruriy vazifalar belgilab olinmoqda.
 

Teglar
- -