HOKIM YORDAMCHISI - MAHALLA ISLOHOTCHISI
HOKIM YORDAMCHISI - MAHALLA ISLOHOTCHISI
Loyish mahallasida hokim yordamchisi faoliyati xususida
Davlatimiz rahbarining bevosita tavsiyasi va tashabbusi natijasida mahallalarda hokim yordamchilari o‘z faoliyatlarini olib bormoqdalar.
Oqdaryo tumanida mahallalarga biriktirilgan 35 nafar hokim yordamchilari ham o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondoshib, tizimli ishlar olib bormoqdalar.
Xususan, Oqdaryo tumani Loyish mahallasiga biriktirilgan Tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi To‘raxon Saidov tomonidan mahalla yettiligi va faollari bilan birgalikda 2024-yilning o‘tgan 7 oyi davomida mahallani iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantrish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, faoliyati to‘xtab qolgan 70 dan ortiq tadbirkorlik subyektlarining faoliyati tiklandi, 40 dan ortiq yangitdan tadbirkorlik subyektlari tashkil etildi, 16 nafar fuqarolar kasb-hunarga o‘qitildi.
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida 625 mln.so‘m mablag‘ 52 nafar fuqaroga imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilishiga ko‘maklashib, bandligi ta’minlandi va tadbirkorligi yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentabrdagi “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-306-sonli qarori asosida 12 nafar fuqarolar tadbirkorlikka o‘qitilib, sertifikatlar olishida ko‘maklashildi hamda bugungi kungacha 800 mln.so‘m kredit mablag‘lari ajratilib, qo‘shimcha 24 nafar fuqarolarning doimiy bandligi ta’minlandi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida o‘tgan 7 oy davomida 132 nafar fuqarolarning bandligi ta’minlandi, 7 ta xonadonni kambag‘allikdan chiqarish choralari ko‘rildi.
Tadbirkorlikka o‘qitish va imtiyozli kredit mablag‘larini ajratilishiga ko‘maklashish natijasida mahallada yangi O‘quv markazi, 50 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti, non va non mahsulotlari ishlab chiqarish sexi, suv nasoslarini qayta jihozlash sexlari ishga tushirildi, xususiy tibbiyot klenikasi kengaytirildi.
Shuningdek, mahalla yettiligi bilan birgalikda mahallani obodonlashtirish, fuqarolarning soliq to‘lovlari savodxonligini oshirish, jinoyatchilikka qarshi ko‘rashish, daftarlarda turgan fuqarolarga kiritilgan toifalari bo‘yicha ko‘maklashish ishlari amalga oshirilmoqda.
Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati