insurez
14-06-2024 13:19

“Hokim va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi


“Hokim va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi

Bugun tumanimizdagi “Ustoz” sihatgohida Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov bilan tumanimiz yoshlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 
⚡️Uchrashuvda tuman hokimi tadbirning yoshlar hayotidagi muammolarni joyida hal etish, ularga har tomonlama ko‘maklashish borasidagi ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Hokim bilan samimiy muloqot davomida yoshlarimiz o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaatlar qilishib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Shuningdek, tadbirga uzviy holda yoshlar uchun tuman Aholi bandlikka ko'maklashish markazi tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikga ko‘maklashish bo‘limi tomonidan “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi. 
Tadbir so‘nggida esa faol ishtirok etgan bir guruh yoshlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

Teglar
- -