Hokim Go‘zalkent mahallasi faollari bilan uchrashdi
Hokim Go‘zalkent mahallasi faollari bilan uchrashdi
Bugun Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov Go‘zalkent mahallasi yettiligi va mahalla faollari bilan uchrashib, muhim masalalar yuzasidan muloqot olib bordi. Samimiy muloqot davomida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha xonadonlarda olib boriladigan chora-tadbirlar, fuqarolar bandligini ta’minlash, mahalla obodonchiligi, mavjud muammolarni hamjihatlik bilan hal etish borasida fikr-mulohazalar almashildi.