insurez
01-05-2024 17:39

HAR QATRA SUVDAN TEJAB-TERGAB FOYDALANISH SHART!


HAR QATRA SUVDAN TEJAB-TERGAB FOYDALANISH SHART!

Bugun “Oqdaryo ovozi” gazetasi tahririyatida tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi boshlig‘i Orif Abdusamatov ishtirokida “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-5-sonli qarorini ijrosi to‘g‘risida” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. Tadbirda tashkilot rahbari bugungi kunda har qatra suvdan tejab-tergab foydalanish nihoyatda zarur ekanligini, tumandagi barcha fermer xo‘jaliklar bilan bu borada tushuntirish ishlari olib borilayotganligini hamda shartnomalar tuzilganligini alohida ta’kidladi. Haqiqatdan ham, bugungi kunda suv tanqisligi nafaqat mamlakatimizda, balki, dunyo miqyosida dolzarb masalaga aylangan. Shu boisdan har bir qatra suvdan unumli foydalanish nihoyatda muhim ekanligini har bir kishi anglab yetishi kerak.
Matbuot anjumanida korxona rahbari va mutaxassislari jurnalistlarning qiziqtirgan barcha savollariga javob berdi.

Teglar
- -