insurez
29-05-2024 15:46

GO‘ZALKENT MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILMOQDA


#Hozir
GO‘ZALKENT MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILMOQDA

___
Ayni paytda 1-sektor hududidagi Go‘zalkent mahallasida joylashgan 34-umumtalim maktabida o‘tkazilayotgan navbatdagi sayyor qabulda Oqdaryo tuman hokimining o‘rinbosari Ch.Ortiqova va Mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i R.Husanovlar fuqarolarning murojaatlarini qabul qilishmoqda. Unda idora-tashkilot rahbarlari va mahallada yashovchi fuqarolar ishtirok  etishmoqda.
 Qabulda elektr ta’minoti, tibbiy yordam, moddiy yordam singari masalalardagi murojaatlar yuzasidan qonun doirasida tushuntirishlar berilib, muddat talab etiluvchi murojaatlar asosida tegishli tashkilot rahbarlariga  topshiriqlar berilmoqda..

Oqdaryo tumani hokimligi axborot xizmati

Teglar
- -