insurez
09-07-2024 15:49

Gʻo‘za agrotexnik tadbirlari borasida ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi


Gʻo‘za agrotexnik tadbirlari borasida ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi

Bugun Oqdaryo tuman "Kumushkent" MMTPda "Qishloq xo‘jaligida kechiktirib bo‘lmas agrotexnik tadbirlarni bajarish bo‘yicha zarbdor 40 kunlik" e’lon qilinganligi yuzasidan seminar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.  Seminar yig‘ilishida tuman hokimi Sh.Qudratov hamda tuman prokurori A.Vaxabovlar so‘zga chiqib g‘o‘za agrotexnik tadbirlarini amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga muhim topshiriq va tavsiyalar berishdi.  
Seminarda ishtirok etgan Samarqand viloyati o‘simliklar karantini va himoyasi agentligi rahbari va xodimlari fermerlarga g‘o‘za agrotexnikasida qo‘llash uchun muhim kimyoviy vositalarni tavsiya qilishdi. 

Ma’lumot uchun: tumanda 2024-yil hosili uchun 5411 gektar maydonda g‘o‘za parvarish qilinmoqda.

Teglar
- -