insurez
02-08-2024 15:17

"Gender tenglik" mavzusida  seminar boʻlib oʻtdi


"Gender tenglik" mavzusida  seminar boʻlib oʻtdi

Bugun tumanimizning Mustaqillik mahallasida joylashgan "Sabr" Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish markazi va Oqdaryo tuman hokimligi Oila va xotin-qizlar bo'limi hamkorligida "Gender tenglik" mavzusida  mahalla “Yettiligi” va xotin-qizlar ishtirokida seminar-trening oʻtkazildi.
Seminarni Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Y.Oʻroqova olib bordi. Tadbir davomida mavzuga doir muhim ma’lumotlar ishtirokchilarga qiziqarli interfaol uslub va intellektual o‘yinlar orqali tushuntirib berildi.  Trening ishtirokchilari "Gender tenglik" borasida zaruriy bilimlarga ega boʻlib, kelgusida ham shu kabi tadbirlarni koʻproq oʻtkazish taklifini bildirdilar.

 

Teglar
- -