Gaz va elektr ta’minoti masalalari muhokama etildi
Gaz va elektr ta’minoti masalalari muhokama etildi
Bugun Oqdaryo tuman prokurori Azizbek Vaxabov tuman hokimining o‘rinbosari Umid Islamov bilan birgalikda “Oqdaryotumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi hamda tuman Elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari bilan muhim masalalar yuzasidan muhokama o‘tkazishdi. Muhokama davomida aholini tabiiy gaz va elektr bilan ta’minlashda sifatli xizmat ko‘rsatish, noqonuniy ulanishlarni oldini olish, gaz va elektr iste’moli uchun to‘lovlarni belgilangan muddatlarda undirish kabi masalalar yuzasidan mas’ullarga muhim topshiriqlar berildi.