Energiya resurslaridan unumli va tejamkorlik bilan foydalanish masalalariga qaratilgan seminar o‘tkazilmoqda
Energiya resurslaridan unumli va tejamkorlik bilan foydalanish masalalariga qaratilgan seminar o‘tkazilmoqda
Bugungi kunda energiya samaradorligi va tejamkorligi yo‘nalishida olib borilayotgan islohotlar nafaqat mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish, balki katta miqdordagi mablag‘larni iqtisod qilish, uni boshqa istiqbolli loyihalar ro‘yobi uchun yo‘naltirish imkonini bermoqda.
Ayni paytda Oqdaryo tuman sektor rahbarlari, gaz va elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari hamda tumandagi barcha mahalla raislari ishtirokida energiya resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanish yuzasidan seminar va energiya resurslarini tejovchi uskunalar taqdimoti o‘tkazilmoqda. Tadbir davomida energiya resurslarini iqtisod qilish, gaz va elektrni iqtisod qiluvchi uskunalarni joriy etishning foydali jihatlari tushuntirilib, muhim topshiriqlar berilmoqda.