Dolzarb masalalar muhokama markazida
Dolzarb masalalar muhokama markazida
Bugun Oqdaryo tuman hokimi Sh.Qudratov qurilish kompleksi tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashib, dolzarb masalalar yuzasidan muhokama olib bordi. Xususan, gaz, elektr va suv ta'minoti bo‘yicha kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, open budjet masalasi, noqonuniy egallab olingan yerlarni bartaraf etish, ekologiya borasida "Yashil makon" umummilliy loyihasiga tayyorgarlik ko‘rish, yo‘llarni ta’mirlash, ichki yo‘llarni shag‘allashtirish kabi masalalar atroflicha muhokama etilib, mas’ullarga muhim topshiriqlar berildi.