Deputatlar faoliyatidan
Deputatlar faoliyatidan
Bugun Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tumandagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqalari moddiy yordamlar to‘lash mezonlari yuzasidan markaz xodimlarining ish jarayoni bilan yaqindan tanishishdi. Nafaqalar va moddiy yordamlar to‘lash mezonlarini va manzilliligini takomillashtirish bo‘yicha hamkorlikda takliflar ishlab chiqildi.
Shunigdek, tuman Kengashi deputatlari tomonidan Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Oqdaryo tuman bo‘limi faoliyati ham o‘rganildi. O‘rganish davomida bo‘lim hodimlari va fuqarolarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida muammolar yuzasidan muhim takliflar ishlab chiqildi.