insurez
07-06-2024 12:35

Chen Kay boshchiligidagi delegatsiya Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi


Chen Kay boshchiligidagi delegatsiya Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi


 
Bugun Xitoy Xalq Respublikasi Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Karamay shahri meri Chen Kay boshchiligidagi delegatsiya Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi. 
Delegatsiyani Samarqand temiryo‘l vokzalida Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov kutib oldi. Shundan so‘ng Samarqand viloyati hokimligida delegatsiya a'zolari bilan viloyat hokimi o‘rinbosari R.Qobilov va Oqdaryo tuman hokimi Sh.Qudratov ishtirokida uchrashuv o‘tkazilib, hamkorlik aloqalarini mustahkamlash borasida muloqot olib borildi. 
Tashrif davom etmoqda. 

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati 

Teglar
- -