Buyum bozoridagi tadbirkorlik subyektlari faoliyati o‘rganildi
Buyum bozoridagi tadbirkorlik subyektlari faoliyati o‘rganildi
Bugun Oqdaryo tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Elyor Ashurov, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tuman bo‘limi boshlig‘i A.Ma’mirov va tuman soliq inspeksiyasining mas’ul xodimlari bilan birgalikda buyum bozoridagi tadbirkorlarning soliq qonunchiligiga rioya qilinishi yuzasidan o‘rganish olib borildi. O‘rganish davomida qonuniy faoliyat yuritish hamda soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash borasida tadbirkorlarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.