Bugun Oqdaryo tumanida “Mahalla yettiligi” a’zolarining mahalladagi faoliyatini samarali tashkil etishga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.
Bugun Oqdaryo tumanida “Mahalla yettiligi” a’zolarining mahalladagi faoliyatini samarali tashkil etishga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.
Mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i Rustam Husanov, tuman hokimi o‘rinbosari Yulduz O‘roqova hamda tumandagi mahallalar “Yettiligi“ a’zolari ishtirok etgan mazkur o‘quv-seminarida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tizimi hodimlarining malakasini oshirish va mahallalarni metodik ta’minlash o‘quv-uslubiy markazi” nodavlat ta’lim muassasasi direktori Xurshid Ochilov so‘zga chiqib, “Mahalla yettiligi” a’zolarining faoliyatini samarali tashkil etish borasida muhim tavsiyalar berdi.
Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilib, sohaga oid bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.