insurez
16-04-2024 12:47

#Bugun


Umumta’lim maktablari doimiy e’tiborda

Avval xabar qilganimizdek, haftaning seshanba kuni Oqdaryo tuman hokimining ijtimoiy soha masalalarini o‘rganish kuni etib belgilangan. Shu munosabat bilan bugun tuman hokimi Sherzod Qudratov 1-sektor hududidagi Bobur mahallasida joylashgan 28-umumta’lim maktabida bo‘lib, maktabning obodonlashtirish holati hamda mavjud shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. O‘rganish davomida maktabning yuqori sinf o‘quvchilarini darsga qatnashish, davomat masalasiga alohida e’tibor qaratilib, maktab rahbariyatiga muhim topshiriqlar berildi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati 

Teglar
- -