Boshdarxonda tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Boshdarxonda tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun Oqdaryo tumani Boshdarxon mahallasida viloyat hokimining o‘rinbosari Oybek Hamrayev, tuman hokimi Sherzod Qudratov hamda tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida Boshdarxon hududida joylashgan tadbirkorlik sub’yektlari rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda korxonalar ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, bo‘sh turgan yerlarda yangi istiqbolli loyihalarni shakllantirish masalasi hamda korxonalar hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, "yashil energiya"dan foydalanishni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilinib, tadbirkorlarga muhim tavsiyalar berildi.
Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati