insurez
05-06-2024 12:26

Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Oqdaryoda


Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Oqdaryoda 

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari Baxriddin Valiyev rahbarligidagi ishchi guruh Oqdaryo tumaniga tashrif buyurib, tumanning Boshdarxon mahallasida joylashgan va tez orada faoliyat boshlashi kutilayotgan "VAKSINA FARM MEDIKAL" MCHJning bugungi holati, yaratilgan shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishishdi.
Dorivor o‘simliklarni qayta ishlab, har xil turdagi dori vositalarini ishlab chiqarish rejalashtirilgan mazkur korxonaning umumiy loyiha qiymati 300 milliard so‘m bo‘lib, 100 ta ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.


 

Teglar
- -