Bobur mahallasida "Hokim va yoshlar uchrashuvi" o‘tkazilmoqda
Bobur mahallasida "Hokim va yoshlar uchrashuvi" o‘tkazilmoqda
Ayni paytda Oqdaryo tumani 1-sektor rahbari tuman hokimi Sherzod Qudratov sektor hududidagi Bobur mahallasida qizil toifadagi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
Uchrashuvda yoshlarni qiynab kelayotgan muammolar, faoliyatida yuzaga kelayotgan qiyinchiliklar hamda boshqa turli masalalar yuzasidan murojaatlari sektor rahbari tomonidan qabul qilinib, huquqiy tushuntirishlar berilmoqda.
Yechimi muddat talab etiluvchi murojaatlar o‘rganib, ijrosini ta'minlash uchun tegishliligi bo‘yicha tashkilotlarga yo‘naltirilmoqda.
Shuningdek, uchrashuv davomida migratsiyadagi mahalla yoshlari bilan ham onlayn muloqot o‘tkazilib, murojaatlari eshitilmoqda.