Yo‘lsozlar uchun bayram tadbiri tashkil etildi
Yo‘lsozlar uchun bayram tadbiri tashkil etildi
Tumanimizda tizimli ravishda amalga oshirilayotgan yo‘l qurilishi ishlari natijasida yo‘llarimiz kun sayin chiroy ochib, ravonlashmoqda. Albatta, bu ishlarning zamirida yo‘lsozlarimizning zahmatli mehnatlarini ko‘ramiz.
Bugun ushbu soha vakillari Oqdaryo tuman Yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi xodimlari uchun Vatanimiz Mustaqilligining 33 yilligi bayrami munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Bayram tadbirida so‘z olgan tuman hokimi Sherzod Qudratov hamda tuman sektor rahbarlari yig‘ilganlarni bayram bilan qutlab, tumanimiz obodligida yo‘lsozlarimizning mehnatlari muhim o‘rin tutishini ta’kidlashdi. Shuningdek, tadbirda sohada samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodimlarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.