Baraka massivini obodonlashtirish holati o‘rganildi
Baraka massivini obodonlashtirish holati o‘rganildi
Bugun viloyat hokimligi Tashkiliy kadrlar guruhi rahbari B.Rahmatullayev, Oqdaryo tuman hokimi Sh.Qudratov, tuman sektor rahbarlari hamda tegishli mas’ullar ishtirokida tumanning Baraka massivi hududidan o‘tuvchi M-37-A (Samarqand shahar aylanma yo‘li) bo‘ylab yo‘l yoqasini obodonlashtirish holati yuzasidan o‘rganish olib borildi. O‘rganish davomida hududdagi tadbirkorlik subyektlari rahbarlari bilan uchrashilib, hududni obodonlashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, bo‘sh joylarga “Yashil makon” loyihasi doirasida manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.