Baliqchilik va chorvachilik masalalari muhokama qilindi
Baliqchilik va chorvachilik masalalari muhokama qilindi
Bugun Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov hamda qishloq xo‘jaligi soha xodimlari va tijorat bank rahbarlari ishtirokida chorvachilik va baliqchilikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Muhokama davomida mazkur yo‘nalishlarda istiqbolli yangi loyihalarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq qilish, chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari holatini tanqidiy o‘rganish, shuningdek, g‘o‘za agrotexnik tadbirlarini olib borish yuzasidan mas’ullarga muhim topshiriqlar berildi.