Ayni paytda tuman 1-sektor shtabi madaniyat zalida “Oqila ayollar – jamiyat tayanchi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazilmoqda
Ayni paytda tuman 1-sektor shtabi madaniyat zalida “Oqila ayollar – jamiyat tayanchi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazilmoqda
🟪Tadbirda Oqdaryo tuman hokimi oʻrinbosari Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Yulduz Oʻroqova so‘zga chiqib, ishtirokchilarni
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi bayrami hamda “Oqila ayollar” harakati faoliyati tashkil topganligining ikki yilligi bilan qutladi va "Oqila ayollar" harakatining bugungi hayotimizdagi o'rni va ahamiyati ortib borayotganligi hamda ularning ezgu ishlarini e'tirof etib o‘tdi.
🟪Tadbir davomida “Oqila ayollar” harakati a’zosi sifatida tumanda xotin-qizlarni ilm olish, kasb-hunar egallash, oilalarni mustahkamlashda hissa qo‘shib kelayotgan faol xotin-qizlar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.