Ayni paytda Oqdaryo tumanidagi Xalq qabulxonasida navbatdagi murojaatlar qabuli bo'lib o‘tmoqda
⚡️ Ayni paytda Oqdaryo tumanidagi Xalq qabulxonasida navbatdagi murojaatlar qabuli bo'lib o‘tmoqda
Unda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari 1-sektor rahbari, tuman hokimi Sh.Qudratov, hokim o'rinbosari - Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Y.O‘roqova hamda Xalq qabulxonasi mudiri T.Murtazayev tomonidan qabul qilinmoqda.
Jarayon davomida aholi tomonidan bandlik, yo‘l, ichimlik suvi, elektr, tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minoti, moddiy yordam, pensiya va bolalar nafaqasi, yer-mulk bilan bog‘liq masalalarda murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat soha mas’ullari va murojaat qilgan fuqaro ishtirokida muhokama qilinib, zaruriy vazifalar belgilab olinmoqda.