Ariqlarni betonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi
Ariqlarni betonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi
Oqdaryo tumani Irrigatsiya obyektlarida 2024-2025-yil kuz va qish mavsumida 151 km xo‘jalik ichki ariqlarini betonlashtirish ishlari rejalashtirilgan bo‘lib, ayni kunlarda suv xo‘jaligi tashkiloti xodimlari hamda fermer xo‘jaliklari tomonidan Bobur MMTP hududidagi ichki xo‘jalik “Eski Turon” arig‘ini betonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Bugun Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov ariqlarni betonlashtirish jarayoni bilan yaqindan tanishib, ishni sifatli bajarish hamda hududlardagi ariqlarni qazish, tozalash va betonlashtirish ishlari barcha fermerlar xo‘jaliklarida keng ko‘lamli olib borilishi yuzasidan mas’ullarga muhim topshiriq va tavsiyalar berdi.