insurez
30-04-2024 18:11

AHOLINI ISH BILAN TA’MINLASH – DOLZARB VAZIFA


AHOLINI ISH BILAN TA’MINLASH – DOLZARB VAZIFA

Darhaqiqat, bugungi kunda eng dolzarb vazifalardan biri bu aholining ish bilan ta’minlash ekanligi barchaga ma’lum. Shu boisdan davlatimiz rahbari ham tadbirkorlarga, tashkilot va muassasalarning rahbarlariga aholini ish bilan band qilish lozimligi haqida alohida topshiriqlar berayapti. Albatta bu tadbirlar o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsatmoqda. 
Bugun “Oqdaryo ovozi” gazetasi tahririyatida tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i Dilfuza Mamadiyorova ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Ma’ruzachi o‘z so‘zida tumanda bu borada olib borilayotgan ibratli ishlar va ayrim muammolar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Anjuman davomida Dilfuza Mamadiyorova jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga javob qaytardi.

Teglar
- -