Aholi muammolariga yechim izlanmoqda
Aholi muammolariga yechim izlanmoqda
Ayni vaqtda Oqdaryo tumanidagi Xalq qabulxonasida navbatdagi murojaatlar qabuli bo'lib o'tmoqda.
Unda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari Oqdaryo tuman hokimi Sh.Qudratov, Xalq qabulxonasi mudiri T.Murtazayev, hokim o‘rinbosari Y.O‘roqovalar tomonidan qabul qilinmoqda.
Qabulda tumandagi tashkilot va muassasalarning rahbar va mas'ullari ham ishtirok etib, har bir murojaat joyida atroflicha muhokama qilinmoqda.
Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati