insurez
06-05-2024 10:40

Otaxonlar o‘rtasida shaxmat, shashka musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazilmoqda


Otaxonlar o‘rtasida shaxmat, shashka musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazilmoqda 

Ayni paytda Oqdaryo tumani sport maktabida "Otaxonlar shaxmat, shashka musobaqasi"ning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. 
Tadbirning tantanali ochilish qismida Samarqand viloyat sport faxriylari kengashi raisi Hamroqul Rofiyev hamda Oqdaryo tumani hokimi Sherzod Qudratov so‘zga chiqib, ishtirokchilarga omad tiladi. 
Bugungi musobaqada viloyatimizning barcha tumanlaridan tuman bosqichida g‘olib bo‘lib kelgan nuroniy otaxonlar viloyat birinchiligi uchun bellashmoqda. 

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati 

Teglar
- -