Respublika ishchi guruhi Kumushkent mahallasida bo‘ldi
Respublika ishchi guruhi Kumushkent mahallasida bo‘ldi
🔸Bugun O‘zbekiston mahallalar uyushmasi boshqarma boshlig‘i boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi a’zolari Oqdaryo tumanining Kumushkent mahallasida mahalla yettiligi faoliyati, aholi xonadonlaridagi tomorqadan unumli foydalanish holati hamda mahallada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish olib borishdi. Shuningdek, ishchi guruh mahalladagi 32-umumta’lim maktabida o‘quvchilarning ta’lim olishi va kasb-hunar o‘rganishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
Oqdaryo tumani hokimligi axborot xizmati