insurez
08-05-2024 15:46

Yoshlar sanoat zonasiga istiqbolli loyihalarni joylashtirish masalalari muhokama etildi


Yoshlar sanoat zonasiga istiqbolli loyihalarni joylashtirish masalalari muhokama etildi

Bugun Oqdaryo tumani Zarafshon massivida tashkil etilgan “Yoshlar sanoat zonasi”da istiqbolli loyihalarni joylashtirish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda tuman hokimi Sherzod Qudratov, hokim o‘rinbosarlari, hokim yordamchilari, tadbirkorlar hamda tijorat bank rahbarlari, savdo-sanoat palatasi, “Hunarmandlar” uyushmasi hamda tadbirkorlik qilish istagini bildirgan yoshlar ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida Yoshlar sanoat zonasiga tadbirkorlarni jalb etish, istiqbolli loyihalarni yo‘lga qo‘yish, tadbirkorlar uchun qulayliklar yaratish masalalari muhokama etildi. Shuningdek, ishtirokchilarga “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi hamda tumandagi tijorat banklari xodimlari tomonidan kredit ajratish tartiblari tushuntirildi.
 

Teglar
- -