Viloyat ishchi guruhi Oqdaryo tumanida
Viloyat ishchi guruhi Oqdaryo tumanida
Bugun Samarqand viloyat hokimi o‘rinbosari Shunqor Xudayberdiyev boshchiligidagi viloyat ishchi guruhi Oqdaryo tumanida Soliq bazasini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, mol-mulk va yer solig‘i tushumlari, ro‘yxatdan o‘tmasdan faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar, norasmiy ishchilarni rasmiylashtirish, soliq hisobotlarida ish o‘rinlarini ko‘rsatilishi kabi masalalar yuzasidan o‘rganish olib borishadi.
Oqdaryo tuman hokimligida viloyat ishchi guruhi a’zolari, tuman soliq inspeksiyasi xodimlari va tegishli mas’ullar bilan uchrashuvda tuman hokimi Sherzod Qudratov mazkur o‘rganish ishlari tumanning barcha mahallalarida viloyat ishchi guruhi bilan hamkorlikda olib borilishi, har bir yo‘nalish bo‘yicha jiddiy e’tibor qaratib o‘rganilishi bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berdi.