Viloyat 4-sektor rahbari o‘zi ta’lim olgan maktabda ustozlari bilan uchrashdi
Viloyat 4-sektor rahbari o‘zi ta’lim olgan maktabda ustozlari bilan uchrashdi
Bugun Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i viloyat 4-sektor rahbari Elyor Tolliyev Oqdaryo tumani hokimi Sherzod Qudratov hamrohligida o‘zi ta’lim olgan Zarafshon mahallasidagi 18-umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, maktab jamoasi va faxriy ustozlar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida E.Tolliyev ustozlar bilan samimiy suhbatda bo‘ldi va o‘zining esdalik sovg‘alarini topshirdi. Shuningdek, maktab kutubxonasiga badiiy adabiyotlar to‘plami hamda kompyuter jamlanmasi sovg‘a qilindi.
Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati