Tumanimiz vakillari Xitoyda
Tumanimiz vakillari Xitoyda
Ayni damda Samarqand viloyati delegatsiyasi xizmat safari bilan Xitoy Xalq Respublikasida hamkorlik aloqalarini olib borishmoqda. Xizmat safari davomida viloyatimiz vakillari, xususan, Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov va tumanimiz tadbirkorlari Xitoyning Guanchjou shahrida Guandun provinsiyasi hukumati apparati boshlig‘i o‘rinbosari Guo Yile xonim boshchiligidagi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazishmoqda.
Uchrashuv davomida ikki hududning iqtisodiy va ijtimoiy imkoniyatlari, o‘zaro hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan loyihalar muhokama qilinmoqda.