insurez
07-10-2024 17:10

Matbuot anjumani o‘tkazildi


Navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi

Bugun “Oqdaryo ovozi” tahririyatida Oqdaryo tuman hokimi o‘rinbosari – tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Yulduz O‘roqova ishtirokida “Tumanda xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish, ajrimlarni oldini olish, xotin-qizlar bandligini ta'minlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar va targ‘ibot-tashviqot ishlari" mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. 
Ommaviy axborot vositalari vakillari va ijtimoiy tarmoq faollari ishtirokida o‘tkazilgan mazkur matbuot anjumani davomida Oqdaryo tumanida xotin-qizlar muammolarini tizimli hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ularning bandligini ta’minlash, xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar borasida ishtirokchilarning savollariga batafsil javoblar berildi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati
 

Teglar
- -