YOGʻINGARCHILIK OQIBATLARI BARTARAF ETILDI
YOGʻINGARCHILIK OQIBATLARI BARTARAF ETILDI
Bugun Respublikamizning barcha hududlarida kuchli yog‘ingarchilik kuzatildi.
Ushbu yog‘ingarchilik bizning tumanimizni ham chetlab o‘tmadi. Oqibatda tuman markazi Loyish shaharchasi va mahallalar ichki yo‘llariga oqova suvlar to‘planib qolishi kuzatildi.
Mazkur holat oqibatlari tuman hokimligi, tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi hamda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi bilan hamkorlikda bartaraf etildi.
Fuqarolardan ichki ariqlarni doimiy ravishda tozalab turishlari, suv yo‘lida har xil to‘siqlar hosil kilmasliklari so‘raladi.
Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati