1-sektor rahbari 31-maktabni o‘rgandi
1-sektor rahbari 31-maktabni o‘rgandi
Bugun Oqdaryo tuman hokimi 1-sektor rahbari Sherzod Qudratov sektor hududidagi Pichoqchi mahallasida joylashgan 31-umumta'lim maktabini obodonlashtirish borasida o‘rganish olib bordi. O‘rganish davomida homiylik asosida maktab hojatxonasini ta'mirlash, futbol o‘yingohi atrofini devor bilan o‘rash, Vorkaut sport maydonchasini tashkil etish borasida vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, mahalla hududidagi Vorkaut maydonchasi hududini obodonlashtirish borasida mas'ullarga topshiriqlar berildi.
Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati