insurez
07-05-2024 14:39

Uzunqishloqda aholi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


Uzunqishloqda aholi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov, Respublika ishchi guruhi vakili, 4-sektor rahbari, hokim o‘rinbosarlari hamda tegishli mas'ullar ishtirokida Respublika ishchi guruhi tomonidan "Qizil  hudud"ga olingan "Uzunqishloq" MFY Uzunqishloq qishlog‘ida mahalla yettiligi va aholisi bilan uchrashuv o‘tkazildi. Ushrashuvda hukumatning energetika islohoti yuzasidan qarori bilan 1-maydan belgilangan yangi energetika tariflari va ijtimoiy normalar yuzasidan fuqarolarga ma’lumot va tushunchalar berildi. Shuningdek, hudud infrastrukturasini yaxshilash, xususan ichki yo‘llarni shag‘allashtirish, elektr ta'minotini yaxshilash, ishsizlikni kamaytirish, xonadonlarda tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, tomorqa madaniyatini shakllantirish borasida vazifalar belgilab olindi. 

Teglar
- -