insurez
29-04-2025 13:56

Zarafshon mahallasida o‘rganish olib borildi


Zarafshon mahallasida o‘rganish olib borildi

Bugun Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i Xalimjon Davronov bilan birgalikda Zarafshon mahallasida mahalla “Yettiligi” faoliyati yuzasidan o‘rganish olib bordi. O‘rganish davomida mahalla hududi, ko‘chalar, aholi xonadonlari va tomorqalari, shuningdek, xonadonlarda ipak qurti boqish ishlari ko‘zdan kechirildi. Tuman rahbari o‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, “Yettilik” faoliyati har bir xonadonda aks etishi zarurligi borasida mahalla mas’ullariga kerakli tavsiya va topshiriqlar berdi.

Teglar
- -