🟢 Yongʻin xavfsizligi oyligida profilaktik tadbirlar olib borilmoqda
🟢 Yongʻin xavfsizligi oyligida profilaktik tadbirlar olib borilmoqda
Favqulodda vaziyatlar vazirligi masʼul xodimi polkovnik U.Xamdamov, Oqdaryo tuman FVB xodimlari bilan Oqdaryo tumanida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda hududlarda keng ko‘lamli profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Tashkil etilgan tadbirda soha xodimlari tomonidan aholi ko‘p yig‘iladigan maskanlar, maktablar, maktabgacha ta’lim muassasalari, oliy taʼlim muassasasi va aholi yashash xonadonlarida fuqarolarga sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi, botulizm va boshqa ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olishga oid zarur tavsiyalar berilib, eslatmalar tarqatildi.