"YONG‘IN XAVFSIZLIGI OYLIGI" DOIRASIDAGI TADBIRLAR
"YONG‘IN XAVFSIZLIGI OYLIGI" DOIRASIDAGI TADBIRLAR
🔥Respublikamiz miqyosida 15-noyabrdan 15-dekabrgacha "Yong‘in xavfsizligi oyligiʼʼ o‘tkazilishi belgilangan.
✨ Oqdaryo tumani FVB xodimlari tomonidan mazkur oylik doirasida is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi va yong‘inlarni oldini olish maqsadida, xonadonlar, aholi gavjum maskanlar hamda ijtimoiy soha obyektlarida targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.
✅Tadbirlar davomida, yong‘inlarning aksariyati kishilarning loqaydligi, beparvoligi, yong‘in xavfsizligi qonun qoidalariga rioya qilmasliklari hamda bolalarning olov bilan o‘ynashlari natijasida yuzaga kelishi mumkinligi taʼkidlandi.
✅Shuningdek, yong‘in sodir bo‘lganda qanday harakat qilish kerakligi yuzasidan tushunchalar berilib, xavfsizlik qoidalari jamlanmalari tarqatildi.