insurez
13-04-2024 17:18

YOGʻINGARCHILIK OQIBATLARI BARTARAF ETILDI


Bugun Respublikamizning barcha hududlarida kuchli yog‘ingarchilik kuzatildi.

Ushbu yog‘ingarchilik bizning tumanimizni ham chetlab o‘tmadi. Oqibatda tuman markazi Loyish shaharchasining ichki yo‘llarida hamda ko‘p-qavatli uylar oldida oqova suvlar to‘planib qolishi kuzatildi.

Suv to‘planishini bartaraf etish borasida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘rganilib, muammolar tezkor bartaraf etildi.

Shu o‘rinda, fuqarolarimizdan ichki ariqlarni doimiy ravishda tozalab turishlari, suv yo‘lida har xil to‘siqlar hosil qilmasliklari so‘raladi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

Teglar
- -