YANGI YIL BOLALAR QUVONCHI BILAN ZAVQLI!
YANGI YIL BOLALAR QUVONCHI BILAN ZAVQLI!
Bugun Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov o‘quvchini Loyish mahallasida uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan 47-maktab o‘quvchilari holidan xabar olib, ularga yangi yil sovg‘alarini ulashdi. Shuningdek, tuman rahbari o‘quvchilarning yashash sharoiti bilan yaqindan tanishib, bolalarning sog‘ligini tiklash uchun qanday yordam kerakligi, o‘qituvchilar tomonidan o‘tilayotgan darslarning sifati bo‘yicha ota-onalar bilan suhbatlashdi.
✍️Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati