YANGI TARMOQ QURISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
YANGI TARMOQ QURISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 330-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Oqdaryo tumanida ham amaliy ishlar qilinmoqda.
Xususan, tumanning O‘zbekiston mahallasida loyiha asosida 2 dona 250/10 kVA yangi transformator punkti, 124 ta beton ustunlari o‘rnatish va 4 km uzunlikda SIP-2 kabellari tortish ishlari olib borilmoqda.
Ayni kunda loyiha doirasida mahallaga tayanch ustunlari olib kelinib o‘rnatildi va hozirda hududda yopiq tipdagi zamonaviy SIP kabellari tortish ishlari bajarilmoqda.
Bu kabi amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli qurilish ishlari natijasida nafaqat hudud infratuzilmasi yaxshilanishiga hamda elektr energiyasini sifatli yetkazib berilishiga erishiladi.✅