insurez
22-11-2024 19:08

"Yagona Shomurod sifat" MCHJ kushxonasi faoliyati o‘rganildi


"Yagona Shomurod sifat" MCHJ kushxonasi faoliyati o‘rganildi

Bugun Oqdaryo tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Farxod Ergashev tomonidan Yangiqo‘rg‘on mahallasida joylashgan tadbirkor Jasur Shomurodov rahbarligidagi "Yagona Shomurod sifat" MCHJ kushxonasi faoliyati, sanitar holati yuzasidan o‘rganish olib borildi. O‘rganish davomida tadbirkorlar belgilangan tartib qoidalarga rioya etishlari hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishi bo‘yicha ogohlantirilib, zaruriy tavsiyalar berib o‘tildi.

Ma’lumot o‘rnida: fuqarolar, shu jumladan qassoblar tomonidan go‘sht uchun boqilayotgan mollarini so‘yish uchun kushxonaga olib kelmasdan o‘zboshimchalik bilan xonadonlarida so‘yish holatlari aniqlanganda belgilangan tartibda jarimaga tortiladi.    
 

Teglar
- -