Xotin-qizlar muammolarini hal etish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi
Xotin-qizlar muammolarini hal etish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi
Bugun Oqdaryo tuman hokimligida xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida mahallalar yettiligi ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat vakili O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasining Samarqand viloyati bo‘yicha raisi T.Alqarov, tuman hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Y.O‘roqova, O‘zbekiston mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i B.Daminovlar so‘zga chiqib, xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va tizimli hal etish bo‘yicha olib borilayotgan xatlov jarayonlarida eʼtibor qaratilishi muhim bo‘lgan vazifalar, “Ayollar daftari”ning 6-bosqichi ro‘yxatini shakllantirish, daftardagi xotin-qizlarni 6 toifa bo‘yicha sohalar kesimida qo‘llab-quvvatlash orqali muammolarini hal etish bo‘yicha masʼullarga muhim topshiriq va tavsiyalar berildi.